Hodisalar

Moskvada 18 yoshli oʻzbekistonlik ayol jinsiy qullikdan qochdi

CC0 / Unsplash / Melanie Wasser / Devushka zakrыvayet litso rukami
Devushka zakrыvayet litso rukami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayol ikki marta qochishga uringan. Uning soʻzlariga koʻra, qandaydir shaxslar oldinlari avval pul evaziga fohishalik bilan shugʻullanishga majbur boʻlishgan, keyin esa mutlaqo bepul.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Moskva huquq-tartibot idoralari bir necha oylar davomida jinsiy qullikda saqlanayotgan 18 yoshli oʻzbekistonlik ayolning arizasi boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazmoqda. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Kolgotki. Jenskiye nogi - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Fohishalarni Rossiyada shifokor va harbiylarga tenglashtirish taklif etilmoqda

Qizning aytishicha, 2019 yil boshida u dugonasining taklifiga binoan poytaxtga kelgan.

Jabrlanuvchi sotuvchi boʻlib ishlashi rejalashtirilgan, ammo aslida hammasi boshqacha boʻlib chiqdi. Oʻzbek ayolining soʻzlariga koʻra, Moskvada uni qoʻpol ravishda fohishalik bilan shugʻullanishga majburlashgan.

Uni Lyublino tumanidagi kvartiraga olib kelishdi va bir necha oy davomida erkaklar bilan pul uchun vaqt oʻtkazishga majburlashgan.

Vaziyat qiz qochishga uringanidan keyin yomonlashdi. Uning qochishi muvaffaqiyatsiz boʻldi, fohishaxona taxminiy tashkilotchilari uni topib qaytarib kelishdi.

Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, bir necha qiz uni doimiy ravishda kaltaklashgan va oilasini oʻldirish bilan tahdid qilishgan. Bundan tashqari, endi u fohishalik bilan bepul shugʻullanishi kerak edi.

Oʻzbek ayoli ikkinchi marta qochishga urindi. U politsiyaga yetib borishga muvaffaq boʻldi va u yerda ariza yozdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari koʻrsatilgan manzilga yetib kelishdi, 29 va 19 yoshli ikki nafar Oʻzbekiston ayol fuqarosini shu joyda qoʻlga olishdi.

Ushbu holat boʻyicha tekshiruv davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0