Aleppoda jangarilar tashlab ketgan yirik o‘q-dori ombori aniqlandi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRazrushenniy rayon siriyskogo Aleppo
Razrushenniy rayon siriyskogo Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Omborda NATO mamlakatlari foydalanadigan “Stinger” zenit-raketa ko‘chma majmuasiga o‘xshaydigan namuna alohida e’tiborni jalb qilgan.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Suriya harbiylari Karf-Jum shahridan (Aleppo provinsiyasi) uzoq bo‘lmagan joyda yirik o‘q-dori omborini aniqlashdi. Omborda G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan qurollar ham bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘q-dori omborini jangarilar chekinish vaqtida tashlab ketishgan.

Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Idlibda jangarilar o‘z kimoviy qurolini qo‘llashda zaharlandi

“Jibhat an-Nusra”* terrorchi guruhiga tegishli bo‘lgan omborda granatamot, minomot, artilleriya to‘plari, qurol ehtiyot qismlari aniqlangan. O‘q-dorilarning ko‘p namunalari ingliz, turk va boshqa tillardagi markirovkaga ega.

NATO mamlakatlari foydalanadigan  “Stinger” zenit-raketa ko‘chma majmuasiga o‘xshaydigan namuna alohida e’tiborni jalb qilgan.

“Hoynahoy, bu “Stinger”, “Stinger”ga juda o‘xshaydi”, - dedi jurnalistlarga omborni ko‘zdan kechirgan harbiylardan biri.

Topilgan butun o‘q-dori keyinchalik jangarilarga qo‘liga qayerdan bunday qurol tushganini aniqlash maqsadida hujjatlashtirilgan

Jangovar harakatlarga qadar ombor o‘rnida tikuvchilik korxonasi bo‘lgan. U yerda tinch aholi gazmol va ip ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0