Qulay sayohat: O‘zbekiston poyezdlarida "kichik internet" ishga tushadi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar internet orqali yo‘lda filmlar, kliplar va boshqa ko‘ngilochar dasturlarni tomosha qilib, sayohatni yanada qulay va maroqli o‘tkzish imkoniga ega bo‘ladilar.

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbek poyezdlarida Intranetni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

"Buning yordamida Wi-Fi orqali yo‘lovchilar maxsus portalga ulanib, o‘zlari xohlagan dasturni tanlashlari mumkin bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, bu "kichik Internet" yangi tizimiga berilgan nom. Intranet Afrosiyob poyezdlarida sinov rejimida ishga tushiriladi. Kutilayotganidek, ushbu ishlanma yo‘l davomida filmlar, videolar va boshqa ko‘ngilochar dasturlarni tomosha qilish imkoniyati tufayli yo‘lovchilarga manzur bo‘ladi.

Yaqin kelajakda ushbu xizmat barcha yo‘lovchi poyezdlarida amal qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0