Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabariga ko‘ra 2020-yilning yanvar oyida 538 mingdan ortiq kishi O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23%ga ko‘p.
Sayyohlarning aksariyati (514 ming) MDH davlatlaridan bo‘lib, ular asosan Qozog‘iston (164 ming), Tojikiston (137 ming), Qirg‘iziston (121 ming) , Turkmaniston (59 ming) va Rossiya (29 ming)fuqarolaridir.
Chet eldan kelgan sayyohlar soni 23500 dan ortgan. Xorijiy sayyohlar orasida Turkiya (5200), Afg‘oniston (4500), Janubiy Koreya (3100), Xitoy (2600), Hindiston (1100) va boshqa davlat fuqarolari bor.