TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida mahalliy kolorit va Yevropa tendensiyalarini o‘zida mujassam etgan betakror burchak paydo bo‘lishi mumkin. OSOKINS Project Delivery boshqaruvchi hamkori Roman Osokin Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Toshkentda "gastronomik ko‘cha" yaratish haqida, bunga namuna sifatida nima xizmat qilgani va loyihaning iqtisodiyoti haqida so‘z yuritdi.
Omillar
Chet ellik sayyohlar uchun tranzit bekati bo‘lib qolgan holda, Toshkent tarixiy obidalar bo‘yicha turistik markaz sifatida Samarqand, Buxoro va Xiva bilan raqobatlasha olmaydi. Mehmonning poytaxtda qolishi uchun, shahar chet elliklarga yangi sayyohlik mahsulotlarini taklif qilishi kerak. Ulardan biri gastronomik turizm bo‘lishi mumkin, deydi Roman Osokin.
Yana bir muhim jihat, deya qo‘shimcha qildi u, mahalliy atmosferaga sho‘ng‘ish. Buning uchun shaharning o‘ziga xos takrorlanmas maydonlari, piyodalar uchun qulay muhit, bir joyda o‘zida hordiq chiqarish uchun turli xil shakllar va boshqa mehmonlar va shahar aholisi bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
"O‘zbekistonda" tashkillashtirilgan "avtobus" sayyohligi muhim o‘ringa ega bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatga borgan sari ko‘proq odamlar mustaqil ravishda tashrif buyurmoqdalar. Yoshlarga yoki xizmat safariga kelganlar uchun Toshkentda vaqt o‘tkazishning Toshkentda yangi shakllariga ehtiyoj sezilmoqda. Shahar sayohat va gastronomik mikro-klasterlari mustaqil sayyohlarni jalb qiladi", - dedi mutaxassis.
Bundan tashqari, Osokin ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan o‘zbekistonliklarning ko‘plari o‘z vatanlarida yahshi ma’noda shovqinli ko‘chada engil gazak va bir stakan sharob bilan o‘tirishlari mumkin bo‘lgan joylarni topa olmaydilar. Chet elda yurish masofasida kafe va restoranlarni tanlash imkoniyati yo‘q. Shunday qilib, "mazali kvartal" nafaqat mehmonlar, balki Toshkent aholisi va chet elliklarning diqqatini tortadigan joy bo‘ladi.
Bunday bo‘shliqlarga talab mavjud, demak, yaqin orada O‘zbekiston poytaxtida bir nechta shunga o‘xshash gastronomik vohalar paydo bo‘lishi mumkin.
Joyni tanlash
"Men o‘zimni Toshkent bo‘yicha mutaxassis deb hisoblamayman, ammo men ko‘rib turganimdek, Zavodskaya ko‘chasi, hozirgi Abdulla Kahhor ko‘chasini shovqinli va mazali kvartalga aylanish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Eng muhimi – bu ko‘chada allaqachon juda gavjum va totli kafe va restoranlar mavjud. Bu yerda shaharda mashhur kruasan tayyorlanadigan zamonaviy kafe, haqiqiy gruzin hovlisi va eng qimmat o‘zbek restoranlaridan biriga qo‘shni oddiygina choyxona. "Ertalabda kofe, kechki payt sharob" g‘oyasini qo‘llo‘vchi va hamisha bo‘sh qaxvahonalar ham mavjud. Bu shunga o‘hshash kvartal uchun juda mos keladi", - dedi Osokin.
"Zavodskayadagi" mazali kvartal "o‘rta+" narx segmenti uchun mo‘ljallangan. Xaridorlarning yoshiga ham shunday yondashuv. Mualliflarning fikriga ko‘ra, ushbu joyning "butiklik jihati"ni, uning eksklyuziv atmosferasini saqlab qolish uchun ma’lum narxlar oralig‘ini saqlash kerak. Shunday usul Moskvadagi Patriarshi ko‘llari atrofidagi hududda, Malaya Bronnaya ko‘chasida qo‘llandi, endu u juda shovqinli bo‘lishdan to‘xtab, ammo Rossiya poytaxtining eng "tusovka" ko‘chasi bo‘lib qoldi.
Loyihaning "Mazali kvartal" nomini - Roman Osokin mahalliy turizm gurusi Mixail Shamshidov bilan o‘ylab topdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ushbu maydonning afzalligi shundaki, obodonlashtirish uchun hech qanday investitsiya yoki katta sarmoya kerak emas va shu bilan birga shahar ma’muriyati bilan muvofiqlashtirish keraksiz. Buning uchun talab qilinadigan narsa faqatgina shu makonni "dasturlash" va kelajakda ushbu xududning tanlangan konsepsiyasi va falsafasiga amal qilishdir.
"Biz so‘rashimiz mumkin bo‘lgan yagona va qiyin masala bu ko‘chani bir tomonlama qilishdir. Hozirda u transport vositalari bilan to‘ldir. Biz hozircha uni piyodalar uchun to‘liq ochish haqida gapirmayapmiz, lekin yo‘lning bir chiziqqacha qisqartirilishi restoranlarga stoliklar joylashtirish uchun bo‘sh joydan foydalanishga imkon beradi", - deya tushuntiradi Osokin.
Kelajakda bu ko‘cha mehmonlar va fuqarolarning o‘zlari orasida mashhur bo‘lib qolsa, bu yerda faqat piyodalar uchun hududni ochish haqida o‘ylash mumkinligini istisno qilmadi.
Osokin millionlab sayyohlarga yaxshi tanish Lissabondagi Dokash tumanini shaharlarning bu kabi muvaffaqiyatli va dunyoga mashhur namunalari sifatida keltirdi. Biroq, uning o‘zi San-Fransiskoning North Beach gastronomik kvartali va boshqa kichikroq ko‘lamli loyihalar tajribasiga e’tiborini qaratmoqda. Bundan tashqari, ekspert bu atrofdagi muassasalarga avtoturargohlar taqdim qilishda mahalliy hokimiyat idoralarining Amerika tajribasini qabul qilishini foydali deb biladi.
"Bu nafaqat ko‘chani sayyohlar uchun yanada jozibali qiladi, balki kichik biznesning rivojlanishiga ham yordam beradi", - dedi Osokin.
Loyihaning qamrov doirasi
Kelgusida Toshkentning o‘zidan tashqari boshqa mintaqalarda ham turistik klasterlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun mutaxassislar har hil turdagi bo‘sh vaqtni o‘tkazish turlarini "o‘sish nuqtalarini" ko‘rib chiqmoqdalar. Ekologik-vino-gastronomik turizm markaziga aylanishi mumkin bo‘lgan Parkent diqqatga sazovor joylardan biridir.
"Hozircha biz faqat Toshkent shahrini, asosan shahar markazini ko‘rib chiqmoqdamiz. Agar "Vkusniy kvartal" (Mazali kvartal) loyihasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, bizning ekspertlar guruhimiz mintaqalarda ham ishlashdan mamnun bo‘ladi. Men bilishimcha, masalan, tarixiy Samarqand shahrida kechki soat 5-6 dan keyin deyarli hamma uyquga ketadi. Turistga uyquga ketishdan oldin qiladigan ishi yo‘q. Bizning g‘oyamiz shu-ki, muvaffaqiyatli loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish", - ta’kidlaydi Osokin.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, gastronomik kvaartalning ishga tushirilishiga bir necha oy ketadi. Agar ish hozir boshlansa, unda sentabrgacha Toshkentda yangi sayyohlik zonasi paydo bo‘ladi – gavjum Yevropa uslubida, ammo mahalliy rang-baranglikdagi ko‘chalar.
Ushbu loyiha ilgari ushbu hududda joylashgan bir nechta restoran egalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Endi tashabbuskor guruh poytaxt hokimiyatiga rasmiy biznes-rejani tayyorlamoqda.