TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekistonda temir yo‘l stansiyalarida poyezdga chiqish paytida ro‘yxatga olish tizimini soddalashtiradi. Buning uchun kirishda validator o‘rnatiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Kodlarni o‘qiydigan mobil qurilma-validator yo‘lovchi poyezdining har bir vagon nazoratchisida ham bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi kompaniya.
Elektron chiptani rasmiylashtirgan yo‘lovchiga endi uni chop etish kerak bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, kod o‘quvchi moslamaga QR yoki shtrix-kodli mobil telefonni yaqinlashtirish kifoya.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-martidan boshlab mahalliy temir yo‘lchilar xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanadigan barcha yo‘lovchi poyezdlarida elektron ro‘yxatga olishni boshladilar.
Endi A4 varaqasida elektron chiptani chop etish kifoya. Unda harflar va raqamlar aniq ko‘rinishi juda muhimdir.
Shuningdek, sotib olingan elektron chiptalarni onlayn tarzda qaytarish mumkin.