Dushanbeda imomlar namozxonlarga vaqtincha masjidlarga kelmaslikni tavsiya qildi

© © Sputnik / Amir IsayevPrazdnichniy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe
Prazdnichniy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahrining bir nechta imom xatiblari namozxonlarga profilaktika chorasi sifatida jamoat bilan namoz o‘qish uchun masjidga kelishdan tiyilib turishni tavsiya qilishdi.

 

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 4-mart, chorshanba kunidan boshlab Tojikiston poytaxtida masjidlar namozxonlar uchun yopiladi.

Sputnik Tojikiston nashriga shahar masjidlariga qatnaydiganlarning ikki nafari 3-mart kuni xuftan namozi o‘qilgandan so‘ng Shohmansur i Ismoil Somoniy tumanlari imom xatiblari endi ular namozlarni o‘z uylarida ado qilishlarini ma’lum qilishganini tasdiqlagan.

Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus: O‘zbekistonda har bir ta’lim muassasa rahbari ogohlantirildi

Ularning so‘zlariga ko‘ra, mazkur buyruq hukumat tuzilmasidan fuqarolarni vaziyat haqidagi xabardor qilish uchun kelib tushgan.

“Imom xatib butun dunyo bo‘ylab koronavirus deb ataluvchi yuqumli kasallik tarqalayotgani va u tez odamdan odamga yuqishini aytdi.  Amaldorlar bu namozxonlar va ularning oilalari salomatligi maqsadida qabul qilingan vaqtinchalik chora ekanini aytishgan. Biroq odamlar qo‘rqmasligi kerak”, - degan suhbatdoshlardan biri.

Hozirda nashr ushbu xabar yuzasidan hukumatning rasmiy izohini olishga muvaffaq bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida koronavirus infeksiyasiga qarshi ehtiyot choralari kuchaytirilib, tegishli cheklovlar o‘rnatildi. Barcha xalqaro tadbirlar, olimpiadalar va shu kabi boshqa tadbirlarni ham o‘tkazmaslik va ularda qatnashish uchun chet mamlakatlarga bormaslik choralarini qat’iy ko‘rish vazifalari belgilandi.

 

Yangiliklar lentasi
0