O‘zbekistonda “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Senata Oliy Majlisa Uzbekistana
Zdanie Senata Oliy Majlisa Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi. Bu Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda ko‘zda tutilgan.

Famon bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Senat fuqarolik to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

2020 yil 1-iyuldan Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qator masalalar yuzasidan axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi tatbiq qilinadi.

Shuningdek, 2020-yil 1-avgustdan boshlab Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish hamda Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, 2020-yil 1-iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0