Shavkat Mirziyoyev maktablar ahvoli va o‘qituvchilar malakasini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe obsujdeniyu prioritetnix zadach v sisteme narodnogo obrazovaniya.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe obsujdeniyu prioritetnix zadach v sisteme narodnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda pedagog kadrlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda yangi turdagi maktablarni barpo etish, avvalgilarini bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi kunda 9 ming 942 ta maktabning 2 ming 835 tasi ta’mirtalab. 5 ming 861 tasida o‘quvchilar soni sig‘imiga nisbatan ko‘pligi sababli darslar 2 smenada o‘tilmoqda. Joriy yilda 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasining kapital ta’mirlanishi belgilangan.

Qurilish vazirligiga maktablarni zamonaviy arxitektura yechimlari asosida, energiya tejovchi va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etish vazifasi qo‘yildi.

Sergeli tumanida ikkita yangi umumta’lim maktabi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Bilimlar saroyi: Sergeli tumanida yangi ikkita maktab ochildi - video

Qayd etilishicha, bugun maktablardagi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o‘quv laboratoriyalar yo‘q. 7 ming 807 ta fizika, 7 ming 776 ta kimyo va 7 ming 770 ta biologiya xonasining jihozlari eskirgan. 62 mingta sinf xonasi zamonaviy va yangi o‘quv jihozlari bilan ta’minlanmagan, 7 mingta kompyuter yetishmaydi.

Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligiga amaldagi jihozlash holatini tanqidiy o‘rganib, maktablarni zamonaviy laboratoriya, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa zarur vositalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Aniq fanlarni o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda interaktiv mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi.

Mamlakatda matematika, kimyo, fizika va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi.

Shu bois Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashg‘ulotlar ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etishga 4 trln so‘m sarflanadi

Yig‘ilishda pedagog kadrlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘tgan yili attestatsiyada ishtirok etgan qariyb 57 ming nafar o‘qituvchidan 43 foizi past baho olgani, respublika bo‘yicha muallimlarning attestatsiya natijalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 ballik baholash tizimida 64 ballni tashkil qilgani aytib o‘tildi. Pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, metodik ta’minotni yangicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bolalarni yoshligidan ma’nan va jismonan yetuk shaxs etib tarbiyalash maqsadida maktablarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda musiqa, tasviriy san’at va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yangi mazmun berish muhimligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0