TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Ural-Atirau baliq zavodi brigada ishchilari Jayik darosida (Nijnyaya Peshnoyskaya) og‘irligi 148 kilo, uzunligi 2,2 metr bo‘lgan bakrabaliqni ovlashdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘lchamdagi bakrabaliqlar kamdan-kam uchraydi. Urg‘ochi baliqning ushlanishi esa katta muvaffaqiyat deb hisoblanadi.
“Zavod mutaxassislari baliqni to‘liq o‘rganib chiqishdi. Undan nasl ko‘paytirishda foydalaniladi”, - deb ta’kiladi O‘rmon va yovvoyi tabiat qo‘mitasining matbuot kotibi Saken Dildaxmet.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ural-Atiraudagi osotr baliqlari va Atirau osotr baliqlar zavodi ishchilari Jayik darosidagi osotr baliqlarini ko‘paytirish maqsadida yetti million dona yosh baliq yetishtiriladi.
Osotr baliqlari yo‘qolib ketish arafasida turganligi tufayli Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.