Dunyoda

Uxandagi vaqtinchalik kasalxonalardan biri bemorlar yetishmasligi sababli yopildi

© REUTERS / CHINA DAILYLecheniye patsiyentov v tsentralnoy bolnitse goroda Uxan
Lecheniye patsiyentov v tsentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Epidemiya oʻchogʻida yangi Covid-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlar sonining kamayishi sababli vaqtincha ixtisoslashgan shifoxonalardan biri yopildi.

TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Epidemiya oʻchogʻi Uxanda yangi Covid-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlar sonining kamayishi sababli vaqtincha ixtisoslashgan kasalxonalardan biri yopildi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy OAVlariga tayangan holda xabar qildi.

Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus: Oʻzbekistonda har bir taʼlim muassasa rahbari ogohlantirildi

Xabar qilinishicha, 1-mart kuni tuzalib ketgan 34 bemorga Tszyaokou tumanidagi vaqtinchalik kasalxonadan javob berilgan, qolgan 74 kishi boshqa tibbiy muassasalarga oʻtkazilgan.

Soʻnggi bemorlar chiqarilganidan soʻng shifoxona dam olish rejimiga oʻtdi va endi bemorlarni qabul qilmaydi.

Soʻnggi paytlarda butun Xitoyda va Xubey provintsiyasining oʻzida epidemiologik vaziyat bir muncha yaxshilandi.

Soʻnggi 24 soat ichida Uxanda 193 ta yangi yuqtirish va 32 ta oʻlim holatlari qayd etildi. Shu bilan birga sutka davomida kasalxonalardan 1958 kishiga javob berildi. Umuman, Uxandagi epidemiya boshlangandan beri 49 315 yuqtirish holati qayd etilgan, ulardan 21 185 kishi davolangan. Hozirgi kunda kasalxonalarda 25 903 kishi qolmoqda, shundan 6 872 nafari ogʻir ahvolda. Hammasi boʻlib shaharda yangi virusdan 2227 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0