Ortiqxo‘jayev matbuot xizmati rahbari: bilaman, yangi joyda oson bo‘lmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFurkat Maxmudxodjayev
Furkat Maxmudxodjayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev OAV vakillari bilan uchrashuvda jurnalistlar bilan qanday ish tashkil qilishi haqida gapirdi.

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining yangi rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev OAV bilan qanday qilib samarali ish olib borishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Ortiqxo‘jayev qabristonlarda go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi

Mahmudxo‘jayevning o‘zi aytib berganidek, uning yangi ishga tayinlanishi haqidagi xabar tarqalgach, tanishlar uni tabriklay boshladilar, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali.

"Ular menga "eng noshukur ishda va lavozimda muvaffaqiyat tilashdi", - dedi u va bu lavozim otuvga hukm qilinganlar uchun deya hazil bilan qo‘shib qo‘ydi.

Biroq, u qiyinchiliklarga qaramay, Toshkent shahri manfaati uchun ishlashni xohlashini tan oldi.

“Men o‘z ishimda minimal va maksimal vazifalarni belgiladim. Minimal vazifa - bu hokimiyat matbuot xizmatining ishi, bu yerda allaqachon ish olib boradigan jamoa shakllangan, ko‘p narsaga erishgan va mening vazifam - bu davlat hokimiyati idoralari va mahalliy hokimliklarning hududiy matbuot xizmatlari ishini tashkil etish va ularga yordam berish, ularning faoliyatini Toshkent axborot hududiga integratsiya qilish. Maksimal vazifa: o‘z lavozimim - Toshkent shahar hokimligining matbuot kotibi va hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan kelib chiqqan holda, jurnalistlar va blogerlarning qarashlari va nashrlariga qaramay, biz birgalikda ishlashimiz, bir-birimizga yordam berishimiz, fikrlarimizni hisobga olishimiz, rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilishimiz kerak", - dedi u.

"Biz o‘z jamoamiz bilan tezda ishlashga harakat qilamiz, aloqa kanallari mavjud, biz bularning barchasini jamlaymiz va bu shaharni rivojlantirish uchun eng yaxshi usul bo‘ladi deb o‘ylayman", - deya yakunladi matbuot xizmati rahbari.

Yangiliklar lentasi
0