TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Filippin poytaxti Maniladagi savdo markazida barcha garovga olinganlar ozod qilindi, deb xabar beradi RIA Novosti Rappler portaliga asosan.
Dushanba kuni ertalab savdo markazining sobiq qo‘riqchisi binoda qariyb 30 kishini chiqishini to‘sib qo‘ydi. Qo‘lga olish paytida u otishmani uyushtirdi (shuningdek, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uning yonida granata ham bo‘lgan) va bir kishini yaraladi, jabrlangan keyinchalik kasalxonaga yotqizilgan. Tashrif buyuruvchilar evakuatsiya qilindi.
Garovga olinganlarning deyarli barchasi savdo markazining xodimlari. Politsiya bir necha soat davomida muzokaralar olib bordi va u o‘z talablarni bildirdi - OAV va sobiq hamkasblari bilan aloqa.
O‘rnatilgan video va audio aloqalarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs ilgari ishlagan xavfsizlik xizmatining rahbariyati undan uzr so‘rab, iste’foga chiqishga tayyorligini bildirgan.
Shundan so‘ng, erkak garovga olinganlarni ozod qildi, o‘zi hibsga olindi.