TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar boʻyicha komissiyasi Kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston - Xitoy strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida infratuzilma, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga ikkala tomon ham tayyor ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu oʻrinda transport-kommunikatsiya masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi takliflar koʻrib chiqildi.
Undan tashqari Oʻzbekiston-Xitoy Mintaqalar forumini oʻtkazish hamda BMT, SHHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro hurmat va ishonch ruhida oʻtgan muzokaralarda Xitoy Elchi Jiang Yan ishtirok etdi.