TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda xotinini yonini olgan erkak qo‘shnisini ketmon bilan urib, jarohat yetkazdi.
Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa 25-fevral kuni Beruniy tumanidagi “Tinchlik” ovulida sodir bo‘lgan. 28 yoshli G.B. va uning qaynonasi 56 yoshli G.Sh. qo‘shnisi 36 yoshli X.D. bilan o‘zaro janjallashib qolgan.
Janjal vaqtida X.D.ning eri I.S. xotinini yonini olish maqsadida qo‘shnisi G.B.ning bosh qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati yetkazgan.
© Sledstvenniy departament pri MVDV Karakalpakstane mujchina zastupivshis za svoyu suprugu, udaril sosedku po golove ketmenyom.
V Karakalpakstane mujchina zastupivshis za svoyu suprugu, udaril sosedku po golove ketmenyom.
Natijada G.B. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.