Shifokorlar koronavirus Rossiyaga O‘zbekistondan kirib keladi, deya havotirlanishmoqda

© Uzbekskie avialiniiSpetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert Aleksandr Lukashevga ko‘ra, yangi koronavirusni yuqtirganlar soni har kuni taxminan 10–15%ga ortmoqda.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Xitoy tashqarisida 2019-nCoV shtammiga ega bo‘lgan koronavirusga chalinganlar soni stabil oshmoqda, deya ma’lum qilgan "Izvestiya" nashriga E.I. Marsinovskiy nomidagi Parazitologiya, tropik va transmissiv kasalliklar tibbiyot instituti direktori Aleksandr Lukashev.

Rukopojatie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
“Qo‘l berib ko‘rishishning vaqti emas”: koronavirusdan qanday himoyalanish kerak

Lukashevning aniqlik kiritishicha, har kuni infeksiyani yuqtirganlar soni taxminan 10–15%ga ortmoqda.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning iqlim sharoitiga qarab tarqalishi tezligini hozircha tahlil qilib bo‘lmaydi, chunki tegishli statistika hali taqdim etilmagan.

Ekspert taxminiga ko‘ra, Rossiya hududiga kasallik Tojikiston yoki O‘zbekistondan kirishi mumkin.

Markaziy Osiyoda nazorat tizimi yuqori emas, migratsiya ko‘lami esa nihoyatda ulkan, dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 25-fevral holatiga dunyoda yangi koronavirusga chalinganlar soni 80 mingdan oshgan. Halok bo‘lganlarning umumiy soni 2,7 mingdan oshib ketgan.

Sal avval "O‘zbekiston havo yo‘llari" koronavirus avj olganligi tufayli 1-mart sanasidan boshlab Janubiy Koreyaga parvozlarni to‘xtatish qarorini qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0