TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Istanbulda Sputnik Turkiya nashri bosh muharriri Mahir Boztepe qo‘lga olindi.
Sputnik Turkiya xabariga ko‘ra, Mahir Boztepe Istanbul xavfsizlik bosh boshqarmasiga olib ketilmoqda.
“Politsiya bizning Istanbuldagi ofisimizga keldi. Yana bir xodim qo‘lga olindi. Yana uch xodimimiz kechadan buyon Anqaradagi politsiyada, kuni kecha kechqurun ularning xonadonlariga millatchilar bostirib kirgan edi. Turkiya, bu nimasi?”, - deya yozgan Twitter᾽da “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan.
Politsiya prishla v nash ofis v Stambule.
— Margarita Simonyan (@M_Simonyan) March 1, 2020
Zaderjan yeshe odin sotrudnik.
Yeshe troe nashix so vcherashnego dnya v politsii v Ankare, gde nakanune vecherom v ix kvartiri vlomilis natsionalisti.
Tursiya, eto chto???
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anqarada Sputnik Turkiyaning uch nafar xodimining uyiga noma’lum shaxslar bostirib kirishga uringani xabar qilingan edi. Ular politsiyaga shikoyat arizasini yozgandan so‘ng aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hukumatidan vaziyatga aralashishni va bo‘lib o‘tgan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirishda ko‘maklashishga chaqirgan edi.