Anqarada Sputnik Turkiyaning uch xodimiga hujum qilindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishLogotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda "Sputnik".
Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalistlar bilan hozirgacha bog‘lanishning imkoni bo‘lmayapti. Rossiya TIV, Davlat dumasi ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirdi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Anqarada Sputnik Turkiyaning uch nafar xodimining uyiga noma’lum shaxslar bostirib kirishga urinib, ularni vatanga xoinlikda aybladi. Bu haqda “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan xabar qildi.

Sputnik Turkiya nashrining xabar qilishicha, hodisa 29-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda sodir bo‘lgan. Xodimlarning xonadoniga 15-30 kishidan iborat guruh bostirib kirishga uringan. Noma’lum shaxslar millatchilik shiorlarini baland ovoz bilan aytib, haqorat va tahdid qilishgan.

Hujumga uchragan xodimlar politsiyaga shikoyat arizasini topshirganlar. Keyinchalik ular aloqaga chiqmay qo‘yishgan.

​Rossiya TIV Sputnik Turkiya xodimlariga uyushtirilgan hujum va ularning qo‘lga olinishini “jurnalistlar huquqining jiddiy poymol qilishini” deb atagan.

“Jurnalistlarni jismoniy zo‘ravonlik bilan qo‘rqitishgan, kasb faoliyatlarini to‘xtatishni talab qilishgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, kecha kechqurundan buyon jabrlanuvchilar Turkiya kuch ishlatar tizimida bo‘lib turishibdi. Vaziyat ular bilan aloqa o‘rnatib bo‘lmayotganligi bois murakkablashmoqda”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya Federal kengashi a’zosi Konstantin Kosachov, o‘z navbatida, ushbu hodisa Moskva va Anqara o‘rtasidagi vaziyatning murakkablashishiga olib kelishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0