O‘zbekiston havo yo‘llari Janubiy Koreyaga parvozlarni to‘xtatmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTurbina samoleta uzbekskix avialiniy
Turbina samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 29-fevral kuni Seuldan uchadigan yo‘lovchilar kelishlari bilan vaqtinchalik turar joylarga joylashtiriladi. Shu munosabat bilan yo‘lovchilar yaqinlaridan Toshkent aeroportida ularni kutib olmaslik so‘ralgan

TOShKENT, 29 fev - Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari"1 mart sanasidan boshlab koronavirus avj olganligi tufayli Janubiy Koreyaga parvozlarni to‘xtatmoqda, deb xabar berdi shanba kuni aviatashuvchi matbuot xizmati.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Do‘st kulfatda bilinadi: O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatda koronavirusga chalingan shaxslar soni hozirda 2931 nafarga yetgan. O‘n olti kishi vafot etgan, 27 nafari sog‘aygan, yana 29 154 insonning tahlillari ustida ishlar olib borilmoqda. Hukumat shanba kuni aholini ushbu dam olish kunlarida uydan chiqmaslikka chaqirgan.

"2020 yilning 1-mart sanasidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga amalga oshirilgan muntazam qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turadi", - deyiladi kompaniya Telegram-kanalida.

Matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 29-fevral kuni Seuldan uchadigan yo‘lovchilar kelishlari bilan vaqtinchalik turar joylarga joylashtiriladi. "Shu munosabat bilan ularni Toshkent aeroportida kutib olmasligingizni so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

"Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilmoqda", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

O‘zbekiston 1-fevral sanasidan koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoy bilan aviaqatnovni vaqtincha to‘xtatgan edi.

Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 79,2 ming kishiga yetdi, 2835 ushbu virusdan vafot etdi, 39 ming nafardan ortiq kishi sog‘aydi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, XXRdan tashqarida 51ta mamlakatda virus tarqalishi holati aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0