Qozog‘istonda Navro‘z bayramini qatorasiga 9 kun nishonlash taklif qilindi

© © Sputnik / Timur BatirshinVesenniy semeyniy prazdnik festivali NOWRYZ Party
Vesenniy semeyniy prazdnik festivali NOWRYZ Party - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot va jamoatchilikni rivojlantirish vazirligi mamlakatda Navro‘zni nishonlash bo‘yicha yangi konsepsiyani ishlab chiqildi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Qozog‘istonda 14-martdan 22-martgacha Navro‘z bayramini nishonlash taklif qilindi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

II Forum mejregionalnogo sotrudnichestva Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston va O‘zbekiston 500 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Axborot va jamoatchilikni rivojlantirish vazirligi mamlakatda Navro‘zni nishonlash bo‘yicha yangi konsepsiyani ishlab chiqildi. Ta’kidlanishicha, 9 kunning 6 kuni bayramga tayyorgarlik ko‘rish kunlari bo‘ladi, har bir kunga alohida mavzu biriktirilishi mumkin.

Yangi konsepsiya “Navro‘zda xayrli ishlar” deb nomlandi:

• 14-mart – qarindoshlar va do‘stlar bilan uchrashuv kuni;

• 15-mart – xotira kuni;

• 16-mart – tabiatga ehtiyotkorlik munosabat kuni;

• 17-mart – ko‘ngillilarni jalb qilgan holda xayrli ishlar kuni;

• 18-mart – sport va hunarmandchilik kuni;

• 19-mart – donolik va bilimlar kuni;

• 20-mart – oilaviy an’analar va yaxshi odatlar kuni;

• 21-mart Navro‘z – milliy taomlar kuni;

• 22-mart Navro‘z–  Yangilanish va yangi hayotning boshlanishi bayrami.

Yangiliklar lentasi
0