TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 6 ta ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 3-yil etib belgilandi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim;
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir
Joriy yilning 2020-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, pedagogika ta’lim sohasining 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3-yil etib belgilangan.