Ozarbayjonda birinchi koronavirus holati aniqlandi

© Sputnik / Anton Bystrov / Mediabankka o‘tishJiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax
Jiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erondan Ozarbayjonga kirib kelgan Rossiya fuqarosiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Ayni damda u maxsus infeksion blokka joylashtirildi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Erondan Ozarbayjonga kirib kelgan Rossiya fuqarosiga koronavirus tashxisi qo‘yildi.

Prazdnovanie Uraza-bayram - Sputnik O‘zbekiston
Eron masjidlarida juma namozi bekor qilindi

“Fuqaro maxsus infeksion blokka olindi. Koronavirus kasallanish holati test bilan tasdiqlandi. Hozirgi vaqtda bemorning holati barqaror. Virus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda, shu jumladan bemor bilan muloqot qilgan odamlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, - deyilgan shtab xabarida.

Ta’kidlanishicha, bu respublikada birinchi holat.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus yuqtirgan kishilarning soni 79 mingga yaqinlashmoqda, 2778 kishi vafot qildi, 36 mingdan ortiq bu kasallikdan sog‘ayib ketdi. Xitoydan tashqarida 46 ta davlatda yuqtirish holatlari qayd etildi, 3364 kishi kasallandi, 57 kishi vafot qildi.

Eronda 388 kishi bu virusga chalindi, 34 kishi vafot qildi.

Yangiliklar lentasi
0