Litva va Belarusda ham koronavirus topildi

© Sputnik / Alessandro Rota / Mediabankka o‘tishJenshina v meditsinskoy maske v sentre Milana
Jenshina v meditsinskoy maske v sentre Milana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Litvada Italiyadan kelgan fuqaro hamda Belarusda eronlik talabada birinchi koronavirus holati aniqlandi.

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Koronavirus Yevropa bo‘ylab  juda tez tarqalmoqda. Bugun Litva  va Belarusda ham koronavirusga chalingan birinchi bemorlar aniqlandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Litvada koronavirusga chalingan birinchi bemor Shaulyae shahrida aniqlanib shahar kasalxonasiga joylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha u yaqinda Italiyaning Verona shahridan kelgan.

Italiya hozircha Yevropada koronavirusga chalinganlar eng ko‘p bo‘lgan davlatdir. Bu yerda 650 kishi kasallangani va 17 kishi koronavirusdan qurbon bo‘lgani aniqlangan.

Belarusda esa birinchi koronavirus holati Bokudan uchib kelgan eronlik talabada aniqlangan.

“Respublika ilmiy-amaliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida eronlik talabalardan birida 2019-nCoV virusi borligi aniqlandi” – deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyo bo‘yicha koronavirus 29 mamlakatda tarqalgan, unga chalinganlar soni 81 ming kishidan oshib ketdi, tuzalganlar soni 30 mingga yaqinlashgan. Vafot etganlar esa 2 801 kishini tashkil qildi. Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar Xitoy, Janubiy Koreya, Eron va Italiya.

Yangiliklar lentasi
0