Siyosat

Oʻktam Barnoyev nomzodi bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga maʼqullandi

© Press-slujba Xokimiyata Buxarskoy oblastiUktam Barnoyev
Uktam Barnoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Deputatlar bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga nomzodni koʻrib chiqdilar.

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Deputatlar bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Oʻktam Barnoyev nomzodini maʼqulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, 27 fevral kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisda deputatlar Oʻzbekiston bosh vaziri tomonidan kiritilgan bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga nomzodni koʻrib chiqdilar.

Pismennыy nabor glavы gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev farmonlari bilan poytaxt va viloyatlar hokimlari lavozimlariga tayinlandi

Ushbu lavozimga Buxoro viloyati hokimi Barnoyev Oʻktam Isoyevichning nomzodi koʻrsatilgan.

Majlisda Hukumat aʼzoligiga nomzodi koʻrsatilgan Oʻktam Barnoyev mazkur lavozimga kirishganidan soʻng Hukumat bilan parlament oʻrtasidagi munosabatlar yanada faol va samarali boʻlishiga umid bildirgan.

Qonunchilik palatasining Oʻktam Barnoyevni Oʻzbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga maʼqullash haqidagi qarori qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0