Analitika

“Jiddiy tuzoq”: siyosatshunos NATO mashqlari nimasi bilan Yevropa uchun xavfliligi haqida

© Sputnik / Zaveduyuщiy kafedroy mejdunarodnыx organizatsiy i mirovыx politicheskix protsessov MGU im. M. V. Lomonosova Andrey Sidorov
Zaveduyuщiy kafedroy mejdunarodnыx organizatsiy i mirovыx politicheskix protsessov MGU im. M. V. Lomonosova Andrey Sidorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Jahon siyosati fakulteti dekani Andrey Sidorov Defender 2020 mashqlarida ishtirok etadigan Yevropa davlatlari qanday burilishlarga tayyor boʻlishi kerakligini tushuntirdi.

Yevropada AQSH rahbarligida NATOning Defender 2020 (“Himoyachi-2020”) koʻp millatli harbiy mashqlari olib borilmoqda. Bular soʻnggi 25 yil ichida qitʼadagi eng yirik mashqlardir. Ularda 37 ming askar qatnashadi, ulardan 20 ming nafari amerikaliklardir.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Jahon siyosati fakulteti dekani, Xalqaro tashkilotlar va jahon siyosiy jarayonlari kafedrasi mudiri Andrey Sidorov “Rossiya segodnya” XAAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida mashgʻulotlar asosiy kontingenti okean ortidan kelayotgani yevropaliklarning mashqlarda qoʻyilgan vazifalarni bajarishga qodir emasligidan dalolat beradi deb taʼkidlab oʻtdi.

Siyosat
"Zarba berishga tayyorlanmoqda": NATO nima uchun Shimoliy Makedoniyaga kirib olmoqda

Siyosatshunosning fikriga koʻra, bu AQSH prezidenti Donald Tramp uchun ittifoqdoshlardan birgalikda qabul qilingan rejalarning nafaqat harbiy xarajatlar doirasida, balki tezkor rejalashtirish sohasida ham jangovar tayyorgarligini oshirishni talab qilishga qoʻshimcha turtki boʻladi, deb yozadi Sputnik Gruziya.

“Bu yerda koʻplab Yevropa davlatlari juda jiddiy tuzoqqa tushmoqdalar, chunki agar ularning saʼy-harakatlari va jangovar tayyorgarligi yetarli emasligini anglasalar, buning uchun qoʻshimcha yevro bilan javob berishga majbur boʻladilar”, -  dedi Sidorov.

Avvalroq, Global xavfsizlikni oʻrganish milliy instituti ilmiy kengashi aʼzosi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MGIMO qoshidagi Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazining yetakchi mutaxassisi Vladimir Kozin bunday koʻlamdagi mashqlarni harbiy amaliyotlarga va hatto urushga jiddiy tayyorgarlik deb hisoblash mumkinligini aytgan edi.

Moskva bir necha bor Rossiya Shimoliy Atlantika alyansining biron bir mamlakatiga hujum qilmasligini taʼkidlagan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga koʻra, NATO Moskvaning bunday rejalari yoʻqligini yaxshi biladi, ammo shunchaki shu bahonadan Rossiya chegaralari yaqinida qoʻshimcha texnika va batalonlarni joylashtirish uchun foydalanadi.

Politolog: yevropeyskiye gosudarstva popadayut v kapkan iz-za ucheniy NATO
Yangiliklar lentasi
0