TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Bostondagi Brigam ayollar shifoxonasining olimlari qon bosimini intensiv nazorat qilish orqali hayotni bir necha yilga uzaytirishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqda EurekAlert portali xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Tadqiqotda 50 yosh va undan katta boʻlgan toʻqqiz mingdan ortiq odam qatnashdi, ularda sistolik qon bosimi 130 dan 180 millimetr simob ustuniga teng boʻlgan.
Koʻngillilar ikki guruhga boʻlindi, ularning har biri antigipertenziv terapiyani oldi.
Birinchi guruhda shifokorlar ishtirokchilarning bosimini 120 millimetr simob ustuni koʻrsatkichida ushlab turishdi, ikkinchi guruhda - 140.
Tajriba natijasida olimlar xulosaga kelishdiki, doimiy bosim nazorati yordamida kishilarning umr koʻrish muddatini yoshiga qarab, olti oydan uch yilgacha oshirishga erishish mumkin.
Tadqiqot mualliflari bosim koʻrsatkichlarini hayotning oxirigacha kuzatib borish, shuningdek boshqa jiddiy kasalliklar boʻlmagan holatlarda ijobiy natijalarga erishish mumkin deya aniqlik kiritdilar.