Toshkentdagi “Xumo” muz saroyida O‘zbekistoning “Xumo” va Rossiyaning “Tores” jamoalari o‘yinida O‘zbekiston jamoasi o‘zining birinchi yirik g‘alabasiga erishdi. Yevgeniy Popixin jamoasi 4:1 hisobda g‘alabaga erishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Lekin o‘yinning eng qiziq joyi, bu “Xumo”ning ukrainalik legioneri Igor Merejko va "Toros" himoyachisi Andrey Bannikov mushlashuvi bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Xokkeychilar bir necha daqiqa davomida yaxshigina “boks” namoyish qilishdi.
Ushbu kutilmagan tomosha tribunadagilarga ham ma’qul keldi desak adashmaymiz. Xokkey matchlariga endigina ko‘nikib borayotgan toshkentlik tomoshabinlar uchun bu birinchi xokkey mushlashuvi bo‘ldi. Andrey Bannikovning yuzidan qon ham chiqdi.
Kutilganidek hakam ikkala xokkeychini ham 5 daqiqaga o‘yindan chetlatdi.
Eslatib o‘tamiz, Xumo jamoasi pley-off seriyasida bo‘lib o‘tgan 2ta dastlabki o‘yinlarni boy bergan edi. Navbatdagi o‘yin 27-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.