Abxaziya koronavirus tufayli barcha xorijliklar uchun chegaralarini yopmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlag Abxazii
Flag Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ushbu choralar mamlakat aholisini avj olgan koronavirusdan himoya qilish maqsadida joriy etilmoqda.

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Abxaziya prezidenti vazifasini bajaruvchi Valeriy Bganba chet el fuqarolarining respublikaga kirishini taqiqlovchi farmonga imzo chekdi. Hujjat 1-martdan kuchga kiradi.

“2020 yil 7-apreliga qadar Abxaziya Respublikasiga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi vaqtincha cheklansin, Abxaziya xalqaro shartnomalarga muvofiq vizasiz rejim o‘rnatgan davlatlar fuqarolari bundan mustasno”, - deyiladi farmonda.

Shuningdek, 7-aprelga qadar Abxaziyaga kirishga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga viza berish to‘xtatib qo‘yiladi.

Ushbu choralar mamlakat aholisini avj olgan koronavirusdan himoya qilish maqsadida joriy etilmoqda.

Jeleznodorojniy vokzal v Suxumi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Abxaziya o‘zbekistonliklarni mamlakatga kirishini vaqtincha taqiqlab qo‘ydi

Avvalroq Bganba respublika idoralari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda respublikaga koronavirusning kirib kelishini oldini olish harakatlar rejasi muhokama qilingan edi.

Bganba “nosog‘lom odamning Abxaziya hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun” Rossiya va Gruziya bilan chegarada teplovizorlar va ko‘chma klinikalarni o‘rnatishni buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, Abxaziya 4-fevraldan “Psou” va “Ingur” nazoratdan o‘tish joylari orqali beshta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining kirishiga vaqtincha cheklov o‘rnatgan edi.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy - COVID-19 nomini berdi. Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 78 mingdan oshdi, 2744 kishi vafot etdi, 32 mingdan ortig‘i davolandi. XXR tashqarisida yuqtirish holatlari, JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 37 mamlakatda qayd etildi, ushbu kasallikka chalinganlar soni 2790 kishiga yetgan. 44 kishi esa vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0