JSST rahbari: Xitoyda koronavirus bilan kasallanish soni kamaymoqda

© REUTERS/Guglielmo MangiapanePolitseyskie v maskax preduprejdayut voditeley na doroge mejdu Kodono i Kazalpusterlengo, kotoraya bila zakrita italyanskim pravitelstvom iz-za vspishki koronavirusa na severe Italii
Politseyskie v maskax preduprejdayut voditeley na doroge mejdu Kodono i Kazalpusterlengo, kotoraya bila zakrita italyanskim pravitelstvom iz-za vspishki koronavirusa na severe Italii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Xitoyda yangi COVID-19 bilan kasallanish soni tobora kamayib borayotganini ma’lum qildi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. JSST direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Xitoyda yangi COVID-19 bilan kasallanish soni tobora kamayib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Lyudi stoyat v ocheredi v supermarkete za predelami goroda Kazalpusterlengo, kotoriy bil zakrit italyanskim pravitelstvom iz-za vspishki koronavirusa na severe Italii - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus qo‘rquvi yevropaliklarning hayotini o‘zgartirmoqda

“JSST mutaxassislar guruhi epidemiya o‘z cho‘qqisiga chiqqani va 23-yanvardan 2-fevral davri mobaynida pasayish holatiga o‘tganini aniqlashdi. Shu vaqtdan boshlab (yangi holatlar soni – tahr.) tobora kamaymoqda. Ular virus DNKsi sezilarli o‘zgarishlarga uchramaganini aniqlashdi. Shuningdek, guruh Xitoy tomonidan ko‘rilgan choralar ko‘plab yuqtirishning oldini olgan deb hisoblaydi. Lekin barcha mamlakatlarga umid, dadillik va ishonch berishi kerak bo‘lgan asosiy narsa bu virusni to‘xtatib qolish mumkinligidan iboratdir”, - dedi u 19-26 fevral kunlari Xitoyga tashrif buyurgan JSST missiyasi bilan uchrashuvda.

Xitoy hukumati 2019-yil oxirida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar bergan. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi - bu yangi koronavirus. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom berdi - COVID-2019.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, COVID-2019 yuqtirganlar soni 81270, o‘lim holatlari 2771, tuzalganlar soni esa 30283 kishini tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0