TOShKENT, 26 fev - Sputnik. MDH mamlakatlari instituti Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Andrey Grozin Turkiyaning Markaziy Osiyodagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
Sputnik O‘zbekiston radiosiga bergan intervyusida u Markaziy Osiyodagi turk biznesi uzoq vaqtdan beri o‘zining afzalliklarini namoyish etib kelganini ta’kidladi.
"Turkiya iqtisodiyoti juda kuchli sohalarga ega: bu qurilish sohasiga, transport loyihalari bilan bog‘lik ba’zi servis loyihalariga taalluqlidir. Ular o‘ziga yarasha qiziq va ular gumanitar sheriklik bilan bog‘liq bo‘lgan tor yo‘naltirilgan loyihalarni yahshi amalga oshirmoqdalar. Ammo mintaqadagi barcha mutaxassislar turk biznesi va kompaniyalarining zaifliklarini ham yahshi bilishadi”, - dedi Grozin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turk biznesining loyihalari eng ko‘pi bilan o‘nlab million dollarlik bo‘lishi mumkin.
"Turkiya Markaziy Osiyo bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirishi mumkin, ammo umuman olganda sheriklik ko‘plab tashqi omillarga, shuningdek mintaqadagi mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy holatiga bog‘liq. Shu bilan birga, Turkiya mintaqada milliardlab dollarlik yirik loyihalarni sheriklarni jalb qilmasdan amalga oshira olmaydi", - dedi mutaxassis.
Ekspertning to‘liq sharhini audio versiyasida tinglang.