O‘zbekiston sportchilari maxsus ilova orqali vazir bilan onlayn aloqada bo‘ladi

© Foto : pixabay.com / terimakasih0Ruki s mobilnimi telefonami
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokio 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi. Bugun mobil ilovaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokio 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi.

Olimpiada 2016. Fextovanie. Jenshini. Sablya. Komandnoe pervenstvo - Sputnik O‘zbekiston
“Ahmoqona qaror”: WADA qarori yuzasidan sport afsonalarining fikri

“Ushbu mobil ilovani yaratishdan ko‘zlangan maqsad – sportchi, trener va vazir o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat”, - deyilgan xabarda.

Tokio 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda Tokio-2020 olimpiada o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritgan hamda olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘lgan sportchilar va ularning trenerlari ulanishlari mumkin. Ular 24/7 rejimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonovga o‘zlarini qiynayotgan savol, muammo yoki takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

“Yana bir jihatga e’tibor qaratish kerak, u yoki bu sportchi tomonidan yo‘llangan savol, taklif, murojaat yoki shikoyatni bir vaqtda o‘sha sportchining o‘zi bilan birga Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidenti, ya’ni faqat uch kishigina ko‘rishi mumkin. Mobil ilovani yuklab olgan va ulangan boshqa sportchi, trener yoki sport federatsiyasining rahbari o‘zga shaxsning shikoyatini ko‘rolmaydi. Mobil ilovada axborotning to‘la maxfiyligi ta’minlangan bo‘lib, bu korrutsion holatlarning oldini olishda ham muhim o‘rin tutadi”, - deyilgan xabarda.

Mejdunarodniy turnir po kurashu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 5-mart “Sport kuni” deb e’lon qilinishi mumkin

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur mobil ilovaning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazirning birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vazirlik hamda MOQ mutasaddilari, sport federatsiyalarining rahbarlari va terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirok etishdi.

Marosimda mazkur mobil ilovaning bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligi alohida ta’kidlanib, bu bilan sportchilarimiz istalgan vaqt va sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidentiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0