Poytaxt va Toshkent viloyatida xalqaro terroristik tashkilotining 21 nafar a’zosi ushlandi

© MVDV Uzbekistane zaderjani chleni techeniya "Djixadisti"
V Uzbekistane zaderjani chleni techeniya Djixadisti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazishgan. Unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganlar.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 26 fevral kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlar tarafdorlari va a’zolari aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotning 20 dan ortiq a’zosi qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazishgan. Unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganlar.

Xabarda yozilishicha, ular ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244.2-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzillarda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga keltirildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilgan. Dalillar qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 19-fevral kuni Toshkentda “Tavhid va jihod katibasi” (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan 21 kishi qo‘lga olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0