O‘zbekistonda 1943-yilda bedarak yo‘qolgan askarning qarindoshlari qidirilmoqda

© Sputnik / Petr Bernshteyn / Mediabankka o‘tishSovetskie soldati forsiruyut vodniy rubej
Sovetskie soldati forsiruyut vodniy rubej - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta serjant Igor Astashinning maktublari Xabarovsk hududida tasodifan topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, askar O‘zbekistonda yashagan odamga xat yozgan ekan.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Xabarovsk o‘lkasida Rakitnoe qishlog‘ida Qizil Armiya askari Igor Astashinning xatlari va hujjatlari bo‘lgan qutini topildi. “Zvezda” telekanali xabariga asosan.

Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova - Sputnik O‘zbekiston
Kaliningradda o‘zbek soldati 73-yil oldin yo‘qotgan qoshiq topildi

Mahalliy madaniyat uyida topilgan hujjatlarning ko‘rgazmasi tashkil etish va unga askarning qarindoshlarini taklif qilishmoqchi bo‘lishdi. Muassasa xodimlari qidirishga kirishdilar.

Qishloqda bunday familiya bilan hech kim yo‘qligi ma’lum bo‘ldi, demak Qizil Armiya askarining qarindoshlari bu yerda yashamagan.

Keyin mahalliy aholi konvertda ko‘rsatilgan manzillarga e’tibor qaratdi. Ular O‘zbekiston manzillari bo‘lgan.

SSSR Xalq Mudofaa Komissariati kadrlar bosh boshqarmasining maxfiy buyrug‘idan ochiqlangan ma’lumotga ko‘ra, katta serjant Igor Astashin miltiq polkining vzvod komandiri bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Askar 1943-yil sentabr oyida bedarak yo‘qolgan. O‘sha vaqtda u 20 yoshda edi.

Madaniyat uy xodimlari O‘zbekistonga so‘rovnoma yuborishga qaror qilishdi.

Xabarovskdagi o‘zbek diasporasi vakillari Namangan viloyatiga, askar murojaat qilgan rus maktabiga hujjatlarni yuborishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, uning onasi uzoq vaqt davomida ushbu ta’lim muassasasining direktori bo‘lgan. Biroq, u nafaqaga chiqqanidan keyin, u haqda hech kimda ma’lumot yo‘q. 1943-yilda bedarak yo‘qolgan sovet askarining qarindoshlari O‘zbekistonda qidirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0