Koronavirus Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkinmi? Ekspert javobi

© Foto: iz lichnogo arxiva Mixaila ShelkanovaMixail Shelkanov
Mixail Shelkanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus – Markaziy Osiyo chegaralarini yopish uchun yetarli asos emas, deydi rossiyalik ekspert Shelkanov. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, virus kirib kelish jarayoni yana ikki oy davom etadi.

Rossiya Fanlar akademiyasining biologik xilma-xillik bo‘yicha federal ilmiy-tadqiqot markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri Mixail Shelkanov koronavirus Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

Na tadjiksko-afganskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli afg‘on-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

Uning fikricha, virusni Xitoyning turli provinsiyalarida va boshqa mamlakatlarda yuqtirish jarayoni mutlaqo normal holat, ammo Markaziy Osiyoda epidemiologik davomiylik bo‘lmasligini kafolatlash  - muammo.

“Turistlar tomonidan Rossiya hududiga epidemiologik davomi bo‘lmagan bir necha yuzlab ekzotik infeksiyalar olib kelinadi”, - deydi ekspert Sputnik Tojikiston’ga.

Shelkanovning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishi jarayoni yana ikki oy davom etadi, ammo halokatli oqibatlarga olib kelmaydi.

“Koronavirus olib kirilishi bilan bog‘liq sanoqli holatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini yopib qo‘yilishi uchun yetarli asos sifatida ko‘rib chiqilmasligi kerak”, - deydi ekspert.

Mutaxassisning batafsil izohini rus tilida quyidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Shelkanov: koronavirus v SA ne budet imet katastroficheskix posledstviy
Yangiliklar lentasi
0