“Behayo video tomosha qildingiz, jarima to‘lang!”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda pornografik foto va video tomosha qilishda go‘yoki IIV fuqaroni 200 ming so‘m va undan ziyod miqdorda jarimaga tortgani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni internetdagi firibgarlik haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda pornografik foto va video mahsulotlarni targ‘ib qiluvchi internet resurslaridan foydalanish jarayonida go‘yoki IIV tomonidan u 200 ming so‘m (ayrim hollarda 300 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Unda jarimani “Webmoney” orqali davlat hisobiga to‘lash lozimligi, aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining behayo videolarni ko‘rganligi haqida hodisa bayoni yuborilishi keltirilgan.

Shuningdek, foydalanuvchilarning interneti bloklab qo‘yilgani haqida ogohlantirish bo‘lgan.

© Press-slujba MVDMinisterstvo vnutrennix del Uzbekistana preduprejdayet o moshennichestve
“Behayo video tomosha qildingiz, jarima to‘lang!”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi - Sputnik O‘zbekiston
Ministerstvo vnutrennix del Uzbekistana preduprejdayet o moshennichestve

IIV vazirlik tarkibida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi” nomi bilan faoliyat yurituvchi bo‘lim yoki bo‘linma mavjud emasligi ma’lum qildi.

Qolaversa, “Webmoney” to‘lov tizimida IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamonlariga ega emas.

“Shunga muvofiq, fuqarolarimizni internet tarmog‘idan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmasligi uchun firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangicha “moliyaviy piramidalar” paydo bo‘layotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0