O‘zbekistonda ayol hokimdan keyin elchi ayollar ham paydo bo‘ladimi?

© Sputnik / Sergey PatakovJenshina neset papku s dokumentami
Jenshina neset papku s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda O‘zbekistonda ham ayol elchilar paydo bo‘ladi, bu borada hozir tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Kecha Xalqaro press klubda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri, hozir O‘zbekiston elchilarining hammasi erkak kishi, ayol kishi ham elchi bo‘lishi rejalashtirilganmi, deb savol berdi.

Ushbu savolga Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev javob berdi.

Senator aytishiga qaraganda O‘zbekiston ushbu masalaga juda jiddiy yondashmoqda. Ayni damda respublikada elchilarni har tomonlama yetuk qilib tayyorlash,  ham diplomatik, ham intellektual, ham madaniy jihatdan yetik qilib tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar ta’sis etish rejalashtirilgan.

Ushbu kurslarda ayollarni ham tayyorlash haqida ham alohida ko‘rsatmalar berilgan va buning uchun kerakli ishlar olib borilmoqda. Shunindek,  bu borada Yaponi, Rossiya va Avstriya tajribasi o‘rganilmoqda.

Tez kunlarda biz bu buorada tegishli takliflarni kiritamiz Umid qilamizki aqn orada elchilarimiz orasida ayollar ham o‘z o‘rinlarini topadi, - dedi Safoyev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi lavozimiga birinchi ayol kishi tayinlangan edi. 

Ma’lumot uchun, oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda gender tenglikka katta e’tibor berilmoqda. Xususan barcha sohalarda ayollar ishlashi, rahbarlik lavozimlarida ham ayollar sonini oshirib borish vazifalari qo‘yilgan. 2019-yilning 2-sentabrida "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilingan edi. 

Yangiliklar lentasi
0