Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIga kirishining ijobiy tomonlari haqida - Qozog‘iston savdo vaziri muovini

© Press-slujba Premyer-Ministra Respubliki KazaxstanVitse-ministr torgovli i integratsii Kazaxstana Janel Kushukova
Vitse-ministr torgovli i integratsii Kazaxstana Janel Kushukova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hozircha YeOIIga qo‘shilish to‘g‘risida rasmiy ariza bermadi. Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Janel Kushukova ehtimoliy integratsiya istiqbollari haqida o‘z fikrini aytdi.

“YeOII doirasida biz bir-birimizga ichki temir yo‘l tarifini beramiz. Ularda (O‘zbekiston tomoni)” "temir yo‘l" bo‘yicha cheklov juda jiddiy. YeOIIga qo‘shilish orqali masalalarni ham hal qilsa bo‘ladi, chunki O‘zbekiston  - bu Sharq bozorlariga chiqish yo‘limiz. Afg‘onistonga ketayotgan ko‘pgina narsa, ular orqali o‘tadi. Yanada qulay tariflar biz uchun katta foyda keltirishi mumkin. O‘zbekiston barchamizga yaxshi raqobatchilik qilishi aniq”, - dedi Kushukova integratsiya to‘g‘risidagi Shartnoma kuchga kirishi va YeOII faoliyati besh yilligiga bag‘ishlangan press-turda.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ustida astoydil muzokaralar endi boshlandi - Ne’matov

Shuningdek, Kushukova  O‘zbekiston tadbirkorlari yangi sifat darajaga chiqishi mumkin deb aytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil kuzda mamlakatning YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

YeOII - 2015-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

Mutaxassisning batafsil izohini rus tilida quyidagi podkast orqali tinglashingiz mumkin.

Plyusi vozmojnogo prisoyedineniya Uzbekistana k YeAES nazvala vitse-ministr torgovli

 

Yangiliklar lentasi
0