Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari koronavirus yuqtirib oldi

© Sputnik / StringerFlag Irana
Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda koronavirus bilan ilg‘or kurashish safida bo‘lgan Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi koronavirus yuqtirib oldi.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“So‘nggi paytlarda koronavirus bilan ilg‘or  kurashish safida bo‘lgan shifokor Xarirchi, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarining koronavirusga testi ijobiy ekan”, - deya yozgan mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi maslahatchisi Ali Riza Vahobzoda.

​Kuni kecha Xarirchi va Eron hukumati vakili Ali Rabiy ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilgan. Efirga uzatilgan anjumanni kuzatgan RIA Novosti muxbiri Eron SSV rahbari o‘rinbosari bir necha marta yo‘talganiga e’tibor qaratgan.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus.

JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom berdi - COVID-2019.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eronda 95 kishi koronavirus yuqtirgan. Ulardan 15 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0