TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Dunyoning 500 nafar eng badavlat kishilari 25-fevral, dushanba kuni 139 milliard dollar yo‘qotishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu yo‘qotish 2016-yildan buyon eng yirik sanaladi.
Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno va Amazon rahbari Jeff Bezoslarning har biri 4,8 milliard dollardanayrildi. Zara savdo tarmog‘i egasi Amansio Otrega 4 milliard, Facebook asoschisi Mark Sukerberg esa 3,48 milliard dollarga “kambag‘allashdi”.
Dastlabki o‘ntalikdagi qolgan milliarderlarning boyligi kamida 2,3 milliard dollardan kamaygan.
AQShda birja savdolari dushanba kuni yangi koronavirusning tarqalishi jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazishi ehtimoli xavotiri bois tushib ketdi.
Investorlar COVID-19 tarqalishi ko‘lamidan xavotirlanishmoqda, chunki kasallikning avj olishi va karantin choralari Xitoy va butun jahon iqtisodiyoti uchun xavf tug‘dirmoqda.