Birinchi martdan nimalar o‘zgaradi?

CC0 / pixabay / Kalendar. Illyustrativnoe foto
Kalendar. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 martdan O‘zbekistonda qurilish sohasidagi ayrim xodimlar maoshi oshadi, ayrim jihozlarni mamlakatga olib kirilishi taqiqlanadi – batafsil maqolada.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali O‘zbekistonda 1-martdan boshlab qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida ma’lumot tayyorladi.

1. Inkassatsiya xizmatlari uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya’ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki bank) tomonidan to‘lanadi.

Inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi – hukumat qarori

2. Qurilishning loyiha hujjatlariga o‘simliklarni salbiy ta’sirdan himoya qilishga oid majburiy talab kiritiladi

Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablar kiritiladi:

- o‘simlik dunyosi obyektlariga, ularning o‘sish muhitiga salbiy ta’sirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday ta’sirdan himoya qilishni ta’minlaydigan choralar;

- qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari;
ko‘kalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi meyorlarga muvofiq amalga oshirish.

3. Qurilish sohasidagi ayrim xodimlar maoshi oshadi

Budjet tizimidagi budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari kapital ta’mirlash obyektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi.

Shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,4 barobarga oshiriladi.

4. Limonzorlarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (ko‘chat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qo‘yiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi, limonchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi.

Limoni na prilavke na rinke Mexrgon v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yanada ko‘proq limon yetishtiriladi

Shuningdek, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga:

- yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 mln so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;

- limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.

5. Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

Baholash yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi.

Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

6. Ayrim jihozlarni O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi

Avval foydalanilgan, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani 3-yildan oshgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.

7. Yer ajratish haqidagi hujjatlar hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi

Aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi.

O‘zbekistonda 1-martdan yer ajratish jarayoni yanada shaffof bo‘ladi

8. Ayrim hududlarda kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020-yil 1-martdan boshlab plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi.

Bunda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

9. Ipotekaning yangi tartibi bo‘yicha subsidiyaga arizalar DXM orqali beriladi

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasidagi subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etishga 4 trln so‘m sarflanadi

10. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash meyorlari asosida amalga oshiriladi.

11. Jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0