Afsona endi yo‘q: Sovet ittifoqining eng so‘nggi marshali Dmitriy Yazov vafot etdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Yazov
Dmitriy Yazov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dmitriy Yazov og‘ir xastalik oqibatida vafot etdi. Yazov Sovet ittifoqi marshali unvoniga sazovor bo‘lgan harbiy boshliqlarning oxirgi vakili edi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Moskvada Sovet ittifoqining eng so‘nggi marshali Dmitriy Yazov 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan xabar qilmoqda.

Gullagan novdani ushlab turgan qiz, O‘zbekiston SSR, 1967-yil - Sputnik O‘zbekiston
SSSR davrida bahor qanday kutib olingan – eng yorqin suratlar

Yazov og‘ir hastalik oqibatida vafot etdi. Dafn marosimi 28-fevral uni Mitishida federal harbiy xotira qabristonida o‘tkaziladi.

Yazov Sovet ittifoqining marshal unvoniga sazovor bo‘lgan harbiy boshliqlarning oxirgi vakili edi (1990 yil aprel). Ulug‘ vatan urushi yillarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun u Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Dmitriy Yazov 1924-yil 8-noyabrda Omsk viloyati Yazovo qishlog‘ida tavallud topgan. 1987-yil may – 1991-avgustgacha SSSR mudofaa vaziri lavozimida bo‘lgan.

Uning rahbarligi ostida Qurolli Kuchlarning jangovar samaradorligini oshirish va Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi.

Yangiliklar lentasi
0