TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Qamchiq dovoni qor va muzlama bilan qoplangan. Bu haqida "Shopirlar" telegram kanaliga yuborilgan bir necha videolavhalarda xabar qilingan.
"Perevalda axvol chatoq!!! ugun 24-fevral 09:40 dagi xolat. Kuchli qorbo‘ron va muzlama. Moshinalar tepaga chiqa olmayapti, yo‘lovchilar surib ketishapti!. Damaslar chiqolmayapti", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonidan O‘zbekiston Favquldda vaziyatlar vazirligining maxsus bo‘linmasi 24 soat navbatchilik qiladi. Shuningdek, yo‘lda qolgan yo‘lovchilar uchun isinish xonalari va masjid ham bor.
“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (95)300-05-22 (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.