So‘nggi 30-yilda sobiq SSSRning faqat musulmon respublikalari aholisi ko‘paygan

© Sputnik / Polyakov Aleksandr / Mediabankka o‘tishSerp i molot
Serp i molot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi 30-yil ichida sobiq SSSRning Yevropa qismida joylashgan respublikalar aholisi kamayib Markaziy Osiyo respublikalari va Ozarbayjon aholisi ko‘paygan.

TOShKENT, 24 fev - Sputnik. So‘nggi 30 yil ichida sobiq SSSR respublikalarining aholisi atigi 10 million kishiga ko‘paygan. Bu haqida Migratsiya agentligining matbuot kotibi xabar qilmoqda

"1989 yilda sobiq Ittifoq hududi aholisi 286 mln., 2019-yilda esa 296 mln. kishini tashkil etgan, ya’ni 10 mln.ga ko‘paygan", - deyilgan xabarda. 

Aholisi eng ko‘p miqdorda kamaygan respublikalar bu - Ukraina (-18%), Moldova (-38%), Gruziya (-31%)  va Latviya(-28%) bo‘lib chiqdi. Aholi soni o‘sishi bo‘yicha esa mutlaq chempion O‘zbekiston(+67,1%) +14 mln., ikkinchi o‘rinda Tojikiston (+78,6%) +4 mln., uchinchi o‘rinta Turkmaniston (+65,6%) +2,2 mln. kishi. 

© Telegram kanal Agentstva Vneshney migratsiiKak izmeniilos naselenie bivshego SSSR
So‘nggi 30-yilda sobiq SSSRning faqat musulmon respublikalari aholisi ko‘paygan  - Sputnik O‘zbekiston
Kak izmeniilos naselenie bivshego SSSR

E’tiborli jihati shundaki, so‘nggi 30-yil ichida sobiq SSSRning faqat musulmon respublikalari aholisi o‘sgan. Yevropa qismida joylashgan respublikalar aholisi kamayishi kuzatilgan.  

Rossiya aholisi soni deyarli o‘zgarmagan (-0,4%). Bunda albatta sobiq Ittifoq respublikalaridan ko‘chib kelganlar va yangi qo‘shilgan Qrim aholisini ham hisobga olish kerak. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0