TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda Markaziy Osiyo davlatlari Milliy OLimpiya qo‘mitalarining raislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Qozog‘iston MOQ.
Majlisda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekiston delegatsiyalari 2021-yildan boshlab “Markaziy Osiyo o‘yinlari” musobaqalarini qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqishdi.
Ushbu musobaqlar nafaqat sportchilar uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi, balkim Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligini rivojlantirish maydoni bo‘ladi degan fikrni uchrashuvning barcha a’zolari yakdillik bilan tasdiqlashdi.
Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi ta’kidlashicha, 2021 yil Yangi olimpiada siklida birinchi yil bo‘lishini va jamoalarning yozgi Olimpiadadan keyingi holatini baholash uchun yaxshi imkoniyat ekanini qayd etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari MOQ delagatsiyalari yana bir necha savollarga javob topishlari kerak: Markaziy Osiyo o‘yinlarini har necha yilda o‘tkazish, unga sportning qaysi turlarini kirgizish va boshqa masalalar.
Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo o‘yinlari – 1995-yildan boshlab har 2-yilda o‘tkazib kelingan. Toshkentda - 1995, 2005-yillarda, Olma-Otada - 1997-yilda, Bishkekda - 1999-yilda, Dushanbeda - 2003-yilda.