TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Turkiya sharqidagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga yetdi, toʻqqiz kishi halok boʻldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilmoqda.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning soʻzlariga koʻra, qurbonlar va vayronagarchiliklar Bashkale tumanining Kashkol, Gyuvenlik, Gelenler va Oʻzpinar qishloqlarida qayd etilgan.
Vazir vayronalar ostida haligacha odamlar borligi va ularni qutqaruv-qidiruv ishlar davom ettirilayotganini taʼkidladi.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Eronda ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 75 kishiga yetgan.
5,7 magnitudali zilzila 23 fevral, yakshanba kuni Turkiya va Eron chegarasida qayd etildi. Epimarkaz Eronning Tabriz shahridan 141 kilometr gʻarbda va Turkiyaning Oʻzalp shahridan 71 kilometrda janubiy-sharqda joylashgan.