Dunyoda

“Noyabrda paydo boʻlgan”: Koronavirusning tarqalishiga oid yangi tafsilotlar yuzaga chiqdi

© REUTERS / Darley ShenZakrыtыy rыnok moreproduktov v Uxane, provintsiya Xubey
Zakrыtыy rыnok moreproduktov v Uxane, provintsiya Xubey - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Endilikda olimlar maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan yangi turdagi koronavirusning 90 ortiq namunalarini tahlil qilib, u Uxandagi bozorga boshqa joydan tushgan degan fikrga kelishdi.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Yangi turdagi koronavirusning odamdan odamga yuqishi oʻtgan yilning noyabrida yoki dekabr oxirida boshlangan. Aynan shu tariqa virus butun mamlakat boʻylab tarqalgan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga kelib qolgan. Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi tropik botanika bogʻi olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Yanvar oyi oxirida Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari yuqtirishning ehtimoliy manbalaridan biri sifatida virus tarqalishining oʻchogʻi boʻlgan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida noqonuniy sotilgan koʻrshapalaklar deb hisoblashgan edi.

Letuchiya mыsh  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koʻrshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Endilikda olimlar maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan yangi turdagi koronavirusning 90 ortiq namunalarini tahlil qilib, u dengiz mahsulotlari bozoriga boshqa joydan tushgani, soʻngra ham bozorning oʻzida, ham uning tashqarisida tarqalganini aniqlashdi.

Bozorda birinchi kasallangan kishi 15 dekabrda paydo boʻlgan. Olimlarning fikricha, shartli “ilk bemor”, aftidan, virusni bundan bir necha hafta ilgari yuqtirib olgan. Yomon sanitariya sharoitlari va odamlar gavjumligi tufayli bozor kasallik oʻchogʻiga aylangan.

Shunday qilib, tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, virusning odamdan odamga yuqishi, ehtimol, oʻtgan yilning noyabr oxiri dekabr boshida boshlangan. Keyin esa Uxandagi dengiz mahsulotlariga bozoriga yetib kelgandan soʻng avj olgan.

Olimlar tahlil qilingan koronavirus genomlarining aksariyati bir xil yuqtirish manbasiga ekanligiga eʼtibor qaratishgan, bemorlar Uxanda oʻzlari kasallanishgan, yoki bu shahardan boʻlganlardan virusni yuqtirib olishgan.

COVID-2019

Xitoyda nomaʼlum pnevmoniyaning avj olishi oʻtgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020 yil 23 fevral holatiga koʻra uni yuqtirganlar soni 78 ming kishidan oshgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2465 kishini tashkil qilgan. 23221 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0