Video

Ilk bor UYEFA Chempionlar Ligasi kubogi Toshkentga olib kelindi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ilk marotaba UYEFA Chempionlar ligasi kubogi Oʻzbekiston poytaxtiga olib kelindi. Kubok dunyodagi eng nufuzli futbol sovrinlaridan biri sanaladi.

Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi ilk marobata Toshkentga olib kelindi.

UYEFA Chempionlar Ligasi kubogi — bu balandligi 74 sm va ogʻirligi 7,5 kg boʻlgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955 yildan beri eng zoʻr futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda gʻolib boʻlgan klublarning nomlari oʻyib yozilgan. Taʼkidlash joizki, kubokning hozirgi egasi Angliyaning “Liverpul” klubidir.

Tadbirda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov nutq soʻzladi. Taqdimot marosimida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Milena Madmusayeva va Umid Isroilov ijrosida UYEFA Chempionlar Ligasi madhiyasining jonli yangragani marosimga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Kubok bilan Toshkentdagi “Anhor Lokomotiv” bogʻida joylashgan “Axelon Karting Club”da 22-23 fevral kunlari suratga tushish mumkin. Shu bilan birga turqator navbatning oldini olish uchun Telegram-bot orqali roʻyxatdan oʻtish koʻzda tutilgan.

Batafsil Sputnik videolavhasida.

Yangiliklar lentasi
0