Dunyoda

AQShda Green Card berish boʻyicha yangi qoidalar kuchga kiradi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gap AQShda davlat koʻmagiga tayanadigan chet ellik fuqarolar uchun talablarni keskinlashtirish haqida bormoqda.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. AQSH hukumati 24 fevraldan boshlab AQShda doimiy istiqomat uchun guvohnoma berishning (Green Card) yangi qoidalarini amalga kiritishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi qoidalar davlat koʻmagiga tayanadigan murojaatchilarga nisbatan qattiqroq talablarni koʻzda tutadi.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

“Ichki xavfsizlik vazirligi dushanba kuni yangi qonunlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin. <...>  (Shunga koʻra. – tahr.) jamiyatimizning yangi aʼzolari moliyaviy jihatdan mustaqil boʻlishlari kerak”, - deyilgan bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirish niyatida ekani xabar qilingan edi.  Xususan, gap Medicaid dasturi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanish, oziq-ovqatga talon olish va ijtimoiy boshpana xususida bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0