Qozog‘istonda lombard xo‘jayini omonatchilar tomonidan garovga olindi

© REUTERS/Shamil ZhumatovNapadenie na politseyskix v Alma-Ate
Napadenie na politseyskix v Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha ham Qozog‘istonning bir nechta shaharlarida "Garant 24" va "Estate Lombard"ning yuzlab omonatchilar o‘z pullarini qaytarish maqsadida kompaniya ofislarini shturm qilgan edilar.

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau shahrida mijozlar Home Avto Invest lombardi direktorini garovga olishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.

Skolko jizney unesli massovie besporadki v Kordayskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston janubidagi ommaviy tartibsizliklar – mojaro qanday kelib chiqdi

Bugun, 22-fevral kuni, atiraulik lombard omonatchilari ofis atrofida to‘planib, direktordan qo‘yilgan pullar, mashinalar va ko‘chmas mulkni qaytarishni talab qila boshlaganlar. 

Ayrimlar o‘z mulkini qaytarish maqsadida lombard direktorini garovga olishga jazm etishgan, hatto. Erkak shahardagi drama teatri yaqinidagi ko‘pqavatli uylarning biridagi xonadonlarda ushlab turilgan. Aholi uni faqatgina qo‘yilgan omonatlari qaytarilgan taqdirda, garovga olingan shaxsni qo‘yib yuborishlarini ma’lum qilishgan.

Kuni kecha ham Qozog‘istonning bir nechta shaharlarida "Garant 24" va "Estate Lombard"ning yuzlab omonatchilar o‘z pullarini qaytarish maqsadida kompaniya ofislarini shturm qilgan edilar.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, "Garant24" kompaniyasiga nisbatan tekshiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Lombardga nisbatan e’tirozi bo‘lganlarning barchasiga huquq-tartibot organlari ariza bilan murojaat qilishni maslahat berganlar.

Yangiliklar lentasi
0