Polshada Qizil Armiyaga aslida qanday munosabatda - so‘rov natijalari

© Sputnik / B. Fishman / Mediabankka o‘tishUzniki Osvensima pered osvobojdeniyem lagerya Sovetskoy Armiyey
Uzniki Osvensima pered osvobojdeniyem lagerya Sovetskoy Armiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polyaklarning 73 foizidan ortig‘i 1945-yil 27-yanvarda Osvensim o‘lim lageri Qizil Armiya tomonidan ozod qilinganligini biladilar.

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Polyaklarning uchdan ikki qismi (65%) 1945-yilda o‘z vatanlarini fashistlar istilosidan ozod qilishda Qizil Armiya xizmatini tan olishadi va uning qahramonligi uchun minnatdorlar.

Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Osvensim qurbonlari va xaloskorlariga sariq chaqaga teng soxtani yubordi

Bunday miqdoriy ustunlik, ayniqsa Polsha rahbariyatining Ikkinchi Jahon urushidagi Sovet Ittifoqining rolini ahamiyatsiz baholash istagi fonida, mamlakatdagi haqiqiy kayfiyatni aniq tasvirlaydi.

Polsha aholisi Sputnik.Mneniya loyihasi doirasida tarix haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ta’kidlash kerakki, respondentlarning 27 foizi tegishli savolga salbiy javob berishdi. 73 foiz polyaklar 1945-yil 27-yanvarda Osvensim o‘lim lageri Qizil Armiya tomonidan ozod qilinganligini biladilar.

Eslatib o‘tamiz, Polsha Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Qizil Armiya tomonidan Osvensimdagi Aushvis-Birkenau fashistlar konslagerining ozod qilinganining 75-yilligini nishonlashga taklif qilmagan.

Marosimda 200 ga yaqin sobiq mahbuslar, chet el delegatsiyalari ishtirok etdi, ularning 30 ga yaqinini prezidentlar, bosh vazirlar va monarxlar boshqargan.

Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasining Polshadagi elchisi Sergey Andreyev ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0